Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 iyuldagi “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF–6019-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Qo‘mita tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirishda tadbirkorlikka ma’muriy yukni kamaytirib, asosan zamonaviy va innovatsion usullardan foydalanish belgilangan.
Ushbu sohada Qo‘mita tomonidan Farmonda belgilangan vazifalarni bajarilishi davom ettirilib, yana ikki xo‘jalik yurituvchi korxonalarda raqobat qonunchiligiga amal qilinishi qo‘shimcha, zamonaviy innovatsion usullarda olib boriladi.
Jumladan, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirgan “Qizilqumsement”, “Asaka bank” aksiyadorlik jamiyatlarida Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etildi. Jamiyatlarda o‘z faoliyati hamda sohalaridan kelib chiqqan holda, Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini tashkil etish bo‘yicha ichki nizom hamda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish xavflarini kamaytirish maqsadida bir yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqilib, belgilangan tartibda tasdiqlandi.
Tasdiqlangan “Yo‘l xarita”laridagi chora-tadbirlar rejasi bajarilishida Qo‘mita tomonidan monitoring o‘rnatilib, ushbu tadbirlarni amalga oshirishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli masalalarni bartaraf etishda, Qo‘mita tomonidan o‘z vakolati doirasida har tomonlama amaliy ko‘mak berib borilishi ko‘zda tutilgan.
O‘z navbatida, ushbu tizimni joriy etishda yuqorida ko‘rsatilgan jamiyatlarda raqobat qonunchiligi buzilish xavflarini oldindan aniqlanishi va o‘z vaqtida bartaraf etilishi hamda korporativ boshqaruv tizimini yanada rivojlantirib, jamiyatlarning investitsion jozibadorligini ortishiga olib keladi.
Shuningdek, Qoʻmita tomonidan Farmonning 5-ilovasida belgilangan davlat ishtirokidagi, qolgan korxonalar bilan ham monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etilishi yuzasidan amaliy choralar davom ettirilmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, o‘z faoliyatida Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish istagida bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga, o‘z vakolati doirasida har tomonlama amaliy yordam berishga tayyorligini bildiradi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Matbuot xizmati