TAMAKINING OʻRNINI BOSUVCHI MAHSULOT REKLAMASI TOʻXTATILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirilishi davomida tarkibida nikotin mavjud boʻlgan “LYFT” mahsulotining reklama qilinganligi aniqlangan. Xususan, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, I.Karimov va Furqat koʻchalari kesishuvidagi chorrahada joylashgan reklama monitorida, Yakkasaroy tumanidagi “Grand Mir” mehmonxonasi roʻparasidagi reklama monitorida, “Afrosiyob” tez yurar poyezdining xizmat aravasi…

Dori vositalari narxlarini tartibga solishda yangi (muqobil) mexanizm joriy qilinadi

Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari bilan taʼminlash, ularning narxini belgilash boʻyicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan dori vositalari narxini shakllantirish va tartibga solish boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazildi. Oʻrganish oʻtkazishga Qoʻmitaga kelib tushayotgan ariza va murojaatlar aholi bilan oʻtkazilgan uchrashuv va soʻrovnomalar asos boʻldi. Joriy yilning 10 oyi davrida Qoʻmitaga…

Iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik berish

Joriy yilning 9 oyi mobaynida da Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidani qtisodiy konsentratsiya boʻyicha bitimlar tuzish bilan bogʻliq jami 156 ta murojaat koʻrib chiqildi. Shundan, 23 tasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari va ulushlarini sotib olish boʻyicha, 57 tasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshilib olish boʻyicha. Natijada 108 ta holat boʻyicha bitim tuzishga rozilik berildi, 48 ta holat boʻyicha monopoliyaga qarshi organ roziligi talab…

Dizel yonilgʻisini sotish tartibi toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi №249-sonli “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari roʻyxati tasdiqlanib, ushbu roʻyxatga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha byudjet tashkilotlariga, davlat buyurtmasi boʻyicha paxta xomashyosi va don yetishtiradigan fermer xoʻjaliklari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ,…

“Qarzdorlik” – “Oldindan toʻlov”ga aylandi !

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi isteʼmolchilar tomonidan tabiiy monopoliya subyektlarining xatti-harakatlari yuzasidan qilgan murojaatlarini doimiy ravishda oʻrganib bormoqda. Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalariga kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha olib borilgan oʻrganishlarning koʻrsatishicha, koʻpchilik hollarda tabiiy monopoliya subyektlari amaldagi qonunchilik talablariga yetarlicha eʼtibor bermagan hollarda isteʼmolchilarga asossiz qarzdorliklar hisoblash holatlariga yoʻl qoʻyilmoqda. Isteʼmolchilarga asossiz qarzdorlik hisoblash…

Yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja orqali sotib olish uchun qulayliklarni yanada kengaytirish choralari

Amaliyotni koʻrsatishicha, oxirgi bir necha yillar mobaynida yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birjalar orqali sotishni yoʻlga qoʻyilishi ijobiy natijalarni yuzaga keltirmoqda, yaʼni barcha toifadagi isteʼmolchilar va tadbirkorlarni birja savdolarida ishtirok etishini taʼminlanishi, tovarlarni sotish mexanizmlarini shaffofligi va real bozor narxlarini shakllanganligi shular jumlasidandir. Joriy yilning 8-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yana bitta qaror imzolandi. Ushbu qaror…

Gaz sohasidagi monopolistning 188 mlrd.soʻmlik noqonuniy harakatlariga barham berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat ishlari doirasida, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli intaqaviy gaz taʼminoti korxonalarining 2018-yil va 2019-yilning 1 choragida tadbirkorlik subyektlariga tabiiy gaz yetkazib berish borasidagi faoliyati oʻrganildi. Taʼkidlash joizki, amaldagi qonunchilikka muvofiq, isteʼmolchining faoliyat koʻrsatish sohasidan kelib chiqqan holda, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tabiiy gaz yetkazib berish va uni…

Misr loukosteri hisobiga Sharm-el-sheyxga parvozlar koʻpayadi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Misr avikompaniyasi – “Nile air” loukosteri vakilini Sharm-el-sheyx – Toshkent – Sharm-el-sheyx yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni bajarish uchun zarur boʻlgan slotni olishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqdi. Slot – bu maʼlum bir vaqt yoki sanada samoletni uchib kelishi yoki uchib ketishi uchun aeroportda ajratiladigan vaqt. Murojaatni oʻrganish mobaynida koʻrsatilgan yoʻnalish boʻyicha parvozlar…