Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi “Kogon yog’ ekstraktsiyasi zavodi” AJ ga tegishli ishni ko’rib chiqdi. Qonunan ta’kidlab o’tildiki, monopol va yuqori likvidli mahsulotlar sotuvchisi har bir savdo kuni davomida yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning teng taqsimlangan hajmi to’g’risidagi ma’lumotlarni tegishli veb-saytga (keyingi oyning boshlanishidan uch kun oldin) joylashtirib, birja orqali sotishni yo’lga qo’yishi zarur. Biroq, ishlab chiqaruvchisi, Qo’mitaning hududiy boshqarmasi tomonidan belgilangan qonunchilik talablariga rioya qilish to’g’risidagi bergan ogohlantirishiga qaramay, o’zboshimchalik bilan yo’l tutishga qaror qildi.
Ma’lum bo’lishicha, joriy yilning may oyidan avgust oyiga qadar jadvalda ko’rsatilgan hajmdagi 40 ga yaqin holatda paxta chigiti kunjarasi, paxta po’stlog’i va yog’i, kir sovun xom ashyolari birja savdolaridagi namoyishi qayd etilmagan. Ammo ularni tashkil etilgan savdo yarmarkalarda sotishga muvaffaq bo’lingan. Shunday qilib, 2020 yil iyul` oyida zavod 500 tonna paxta chigiti kunjarasi, avgust oyida esa, 230 tonna paxta yog’ini sotgan.
Bunga qo’shimcha ravishda, joriy yilning iyul` oyida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori talablarini buzgan holda (fonda birjaning rasmiy veb-saytida jadvallarni joylashtirmasdan) Respublika ko’p tarmoqli agrosanoat tovar xom-ashyo birjasi orqali 273 tonna paxta yog’ini sotish ishlarini amalga oshirilgan.
Bunday harakatlar qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Albatta, bu birja savdolaridagi raqobatni, umuman olganda narxning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadigan talabning o’zgarishini cheklashi aniq.
Maxsus komissiya «Kogon yog’ ekstraktsiyasi zavodi» AJ ishidagi «Raqobat to’g’risida»gi qonunning 15 va 23 moddalarida belgilangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan buyruq chiqardi.
Ya’ni, yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni faqat birja savdolari orqali tasdiqlangan jadvallarga muvofiq sotilishini ta’minlash va agar tovarlarni birjada ro’yxatga olish talablarini bajarish imkonsiz bo’lsa, bu haqda ro’yxatga olingan kundan bir kun oldin Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasini xabardor qilsin. «Kogon yog’ ekstraktsiyasi zavodi» AJ mansabdor shaxsiga nisbatan «Ma’muriy javobgarlik to’g’risida»gi Kodeksining 178-moddasiga muvofiq tegishli choralar ko’rildi.
Bugungi kunda Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan birja savdolarida narxning o’sishi oqibatlariga olib keladigan holatlarni o’rganish ishlari davom etmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Matbuot xizmati