Jabborov Nuriddin Muhiddinovich – Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi. U 10.01.1979 Buxoro viloyati, Buxoro tumanida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini 2007-yil “Buxgalteriya hisobi va moliya” yoʻnalishida tamomlagan.
MEHNAT FAOLIYATI
1998-1999 yy. – Buxoro tumani hokimligi madaniyat boʻlimi hisobchisi
1999-2001 yy. – Buxoro tumani hokimligi moliya boʻlimi bosh hisobchi oʻrinbosari, vaqtincha bosh hisobchi vazifasini bajaruvchisi
2001-2001 yy. – Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi yetakchi hisobchi-taftishchisi
2001-2004 yy. – Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi byudjet tashkilotlari va moliya organlarida byudjet hisob-kitobi holati va yuritishni nazorat qilish boʻlimi bosh hisobchi-eksperti
2004-2005 yy. – Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi vaqtinchalik 1-toifali hisobchisi
2005-2006 yy. – Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi yetakchi hisobchisi
2006-2007 yy. – Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi bosh hisobchisi oʻrinbosari
2007-2008 yy. – Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi byudjet tashkilotlari va moliya organlarida byudjet hisob-kitobi holati va yuritishni nazorat qilish boʻlimining bosh hisobchi-eksperti
2008-2008 yy. – Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi byudjet tashkilotlari va moliya organlarida byudjet hisob-kitobi holati va yuritishni nazorat qilish sektorining bosh hisobchi-eksperti
2008-2010 yy. – Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi byudjet ijrosi hisobi va hisoboti boʻlimi boshligʻi-bosh hisobchisi
2010-2012 yy. – Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
2012-2017 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi Buxoro viloyati boʻyicha gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻi
2017-2017 yy. – Buxoro viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari kotibiyati mudiri
2017-2019 yy. – Buxoro viloyati hokimining yordamchisi
2019-2019 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi
2019-2021 yy. – Buxoro viloyati hokimining yordamchisi
2021 y. – h.v. – Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi