Samarqand viloyat hududiy boshqarmasiga “Aventis Deutschland GmbH” kompaniyasining tegishli murojaati kelib tushgan bo’lib, unda viloyatdagi “BIONIC” va ”KOLIBRI” MCHJ shaklidagi korxonalar tomonidan “Combitic Global Caplet Pvt.Ltd” kompaniyasining “UNI FESTAL” nomli dori vositalarini chetdan kirib kelayotganligi va sotayotganligi natijasida, “Sanofi- “FESTAL/FESTAL” tovar belgisi bo’yicha intellektual mulk huquqlari buzilayotganligi ma’lum qilingan va tegishli chora ko’rish so’ralgan.
Shunday qilib, barchamizga ma’lum bo’lgan “Sanofi-Aventis Deutschland GmbH” kompaniyasining “FESTAL/FESTAL” tovar belgisi “Combitic Global Caplet Pvt.Ltd” kompaniyasining “UNI FESTAL” tovar belgisiga qarshi chiqti. Yuqorida aytib o’tkanimizdek “BIONIC” va ”KOLIBRI” Ma’suliyati cheklangan jamiyatlari o’z mahsulotlarini Samarqand viloyatiga chetdan olib kiruvchi so’nggi importyorlar hisoblanib, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi mutaxassisining bergan ma’lumotiga ko’ra, “Sanofi-Aventis Deutschland GmbH” kompaniyasining “FESTAL/FESTAL” tovar belgisi bilan viloyatdagi “BIONIC” MCHJ tomonidan sotilayotgan “Combitic Global Caplet Pvt.Ltd” kompaniyasining “UNI FESTAL” tovar belgilari o’zaro juda o’xshashligi ma’lum qilingan.
“BIONIC” va ”KOLIBRI” MCHJ shaklidagi korxonalar tomonidan “UNI FESTAL” tovar belgisini ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha Intellektual mulk agentligiga talabnoma topshirilmaganligi aniqlandi.
O’zbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqish joy nomlari to’g’risida”gi Qonunning 26-moddasiga asosan, tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni ruxsat berilmagan tarzda tayyorlash, qo’llash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish, o’zgacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlash yoxud ular bilan adashtirib yuboradigan darajada o’xshash bo’lgan bir xildagi tovarlarni belgilash tovar belgisiga doir mutloq huquqni buzish deb e’tirof etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-sonli “Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish ko’zg’atish va ularni ko’rib chiqish tartibi to’g’risida”gi Nizomning 22-bandiga muvofiq, hududiy boshqarmaning maxsus
Komissiyasi tomonidan “BIONIC” va “KOLIBRI” MCHJ shaklidagi korxonalariga “FESTAL/FESTAL” tovar belgili dori vositasiga o’xshash bo’lgan “UNI FESTAL” tovar belgili dori vositasini Respublika hududiga kiritish va sotishni to’xtatish yuzasidan ko’rsatmalar berildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati