2020 yil 1 dekabr` holatiga Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi markaziy apparatiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni qo’shib olish va qo’shib yuborish hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondidagi (kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo’yicha bitimlarga oldindan rozilik berish bo’yicha jami 115 ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan, 98 tasi ustav fondidagi (kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olishga doir murojaatlar bo’lib, ushbu murojaatlarning 29 tasi xorijiy investorlarga tegishli.
Shu bilan bir qatorda “Raqobat to’g’risida”gi Qonun talablari buzilganligi uchun, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni birlashtirish va aktsiyalarni (ulushlarni) olishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan amalga oshirilgan bitimlar sababli 5 ta xo’jalik sub’ektiga nisbatan ish qo’zg’atilib ko’rsatma berildi.
Joriy yilning yanvar`-noyabr` oylari davomida kelib tushgan barcha murojaatlar chuqur tahlil qilinib, Qo’mita tomonidan jami 2 860,8 mlrd. so’mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, shundan53 foiz, ya’ni 1 515,1 mlrd. so’mlik bitimlar xorijiy investorlar hissasiga to’g’ri keladi.
Xorijiy investorlar tomonidan asosan axborot texnologiyalari, elektrotexnika, qurilish, to’qimachilik, kimyosanoati, oziq-ovqat va shu kabi sohalarga to’g’ridan-to’g’ri mablag’lar va zamonaviy texnologiyalar ko’rinishida investitsiyalar kiritilishi ko’zda tutilgan.
Monopoliyaga qarshi kurarshish qo’mitasi Matubot xizmati