2020 yil 1 iyul` holatiga Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi va uning hududiy boshqarmalariga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni qo’shib yuborish va qo’shib olish hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondidagi (kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo’yicha bitimlarga oldindan rozilik berish bo’yicha jami 64 ta (2019 yilning mos davrida 106 ta) murojaatlar kelib tushdi. Shundan, 14 tasi xo’jalik yuirtuvchi sub’ektlarni qo’shib yuborish va qo’shib olish yuzasidan bo’lib, 50 tasi ustav fondidagi (kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olishga doir murojaatlar hisoblanadi. Ushbu murojaatlarning 18 tasi xorijiy investorlarga tegishli.
Shu bilan bir qatorda “Raqobat to’g’risida”gi Qonun talablari buzilganligi uchun, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav fondidan ulush olishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan amalga oshirilgan bitim sababli 2 ta xo’jalik sub’ektiga nisbatan ish qo’zg’atilib ko’rsatma berildi.
Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida kelib tushgan barcha murojaatlar chuqur tahlil qilinib, Qo’mita tomonidan jami 1 013 mlrd. so’mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, shundan 47,3 foiz, ya’ni 479 mlrd. so’mlik bitimlar xorijiy investorlar hissasiga to’g’ri keladi.
Xorijiy investorlar tomonidan asosan to’qimachilik, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, elektrotexnika, qurilish, oziq-ovqat va shu kabi sohalarga to’g’ridan-to’g’ri mablag’lar va zamonaviy texnologiyalar ko’rinishida investitsiyalar kiritilishi ko’zda tutilgan.
Misol tariqasida olib ko’radigan bo’lsak, ushbu davr mobaynida quyidagi bir nechta yirik bitimlarni tuzishga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi berildi:
– TOO “Motornaya kompaniya “Astana-Motors” (Qozog’iston) tomonidan “HYUNDAI AUTO ASIA” MCHJ QKning ustav fondidagi 70 foiz ulushini olishiga.
“Astana-Motors” kompaniyasining asosiy faoliyati avtomobillar realizatsiyasi va ularga texnik xizmat ko’rsatish hisoblanadi.
– “ANGLESEY INVESTMENTS PTE. LTD.” kompaniyasi (Singapur) tomonidan “ANGLESEY FOOD” MCHJ XKning ustav fondidagi 100 foiz ulushini olish.
“ANGLESEY FOOD” MCHJ XKning faoliyat turi ixtisoslashgan do’konlarda boshqa yangi tovarlar chakana savdosi hisoblanadi.
– AGROMIR BUKHARA” MCHJ QK va “AGROMIR CHUST” MCHJ QKni “AGROMIR” MCHJ QKga qo’shib yuborish.
Ayni bir ta’sischilarga ega bo’lgan, “Agromir” kompaniyalar guruhiga kiruvchi Buxoro, Namangan va Samarqand viloyatlarida joylashgan ushbu korxonalarning faoliyat turi meva va sabzavot sharbatlarini ishlab chiqarish hisoblanadi.