2020 yil 1 may holatiga Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi markaziy apparatiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni qo’shib yuborish va qo’shib olish hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondidagi (kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo’yicha bitimlarga oldindan rozilik berish bo’yicha jami 34 ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan, 32 tasi ustav fondidagi (kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olishga doir murojaatlar bo’lib, ushbu murojaatlarning 13 tasi xorijiy investorlarga tegishli.
Ushbu davr mobaynida kelib tushgan barcha murojaatlar chuqur tahlil qilinib, Qo’mita tomonidan jami 920 mlrd. so’mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, shundan 49,6 foiz, ya’ni 457 mlrd. so’mlik bitimlar xorijiy investorlar hissasiga to’g’ri keladi.
Xorijiy investorlar tomonidan asosan axborot texnologiyalari, elektrotexnika, qurilish, kimyosanoati, oziq-ovqat va shu kabi sohalarga to’g’ridan-to’g’ri mablag’lar va zamonaviy texnologiyalar ko’rinishida investitsiyalar kiritilishi ko’zda tutilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati