2020 yil yanvar` oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi markaziy apparatiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondidagi (kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo’yicha bitimlarga oldindan rozilik olish bo’yicha jami 10 ta (2019 yilning mos davrida 12 ta) murojaatlar kelib tushdi.
Ushbu murojaatlar Qo’mita tomonidan o’rganib chiqilib, 1 tasi bo’yicha tuziladigan bitimga monopoliyaga qarshi organning roziligi talab etilmasligi to’g’risida tushuntirish berilgan bo’lib, 9 ta murojaat yuzasidan Qo’mitaning mas’ul boshqarmasi tomonidan tegishli bozorlar chuqur tahlil qilinib, Qo’mita mahsus komissiyasining tegishli qarorlari bilan bitimlarga rozilik berilgan.
Monopoliyaga qarshi organ tomonidan oldindan rozilik berilgan bitimlarning umumiy qiymati mazkur oyda 440,8 mlrd. so’mni tashkil etib, shundan 440,4 mlrd. so’mlik (99 foiz) bitimlar xorijiy investorlar hissasiga to’g’ri keladi.
Solishtirish uchun, 2019 yilning yanvar` oyida monopoliyaga qarshi organ tomonidan oldindan rozilik berilgan bitimlarning umumiy qiymati 359,8 mlrd. so’mni tashkil etib, shundan 359,3 mlrd. so’mlik (99 foiz) bitimlar
xorijiy investorlar hissasiga to’g’ri kelgan. Bundan ko’rinib turibdiki, joriy yilning yanvar` oyida o’tgan yilning mos davriga nisbatan mamlakatimizga 80 mlrd. so’mdan ko’proq qiymatdagi xorijiy investitsiyalar kiritilishi ko’zda tutilmoqda.