2019-yil sentyabr oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi markaziy apparatiga xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib olish va qoʻshib yuborish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik berish boʻyicha jami 27 ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan, 26 tasi ustav fondidagi (kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir murojaatlar boʻlsa, 1 tasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishga doir.
Ushbu murojaatlar Qoʻmita tomonidan oʻrganib chiqilib, 14 tasi boʻyicha tuziladigan bitimlarga monopoliyaga qarshi organning roziligi talab etilmasligi toʻgʻrisida tushuntirish berilgan boʻlib, 10 ta murojaat yuzasidan Qoʻmitaning masʼul boshqarmasi tomonidan tegishli bozorlar chuqur tahlil qilinib, Qoʻmita maxsus komissiyasining tegishli qarorlari bilan bitimlarga rozilik berilgan.
Monopoliyaga qarshi organ tomonidan oldindan rozilik berilgan bitimlarning umumiy qiymati mazkur oyda 741,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, shundan 277,6 mlrd. soʻmlik (37,4 foiz) bitimlar xorijiy investorlar hissasiga toʻgʻri keladi.