Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Namangan viloyati boshqarmasiga joriy yilning 10 fevral sanasida, viloyatning Kosonsoy tumani, “Uzun” MFY aholisidan tabiiy gaz bilan bog’liq muammolarga duch kelishayotgani haqida murojaat kelib tushdi.
Qo’mita xodimlari va “Namangan Hududgaz” AJ vakillari, ko’rsatilgan manzilga chiqib vaziyat o’rganildi.
O’rganishlar natijasida, “Namangan Hududgaz” AJ bergan xulosaga ko’ra hududga tabiiy gaz yetkazib berishning texnik imkoniyatlari cheklanganligi aniqlandi.
Shundan so’ng, ushbu hududga suyultirilgan gaz bilan ta’minlashga qaror qilindi. 20 fevraldan esa, iste’molchilarga suyultirilgaz yetkazib berish boshlandi.
Shu o’rinda ma’lumot: yetkazib beruvchi gaz ballonlarini iste’molchilarga naqdsiz asosda ijaraga beradi. O’z navbatida iste’molchi faqatgina ishlatgan gaz miqdoriga pul to’laydi. Suyultirilgan gazni yetkazib berish esa, bir
oyda bir marotaba deb belgilangan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati