Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi, Oʼzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi hamda tegishli vazirlik va idoralar masʼul xodimlaridan iborat Ishchi guruhi tomonidan АI-80 markali avtomobilь benzinini birja savdolari orqali barcha xaridorlarga teng sharoitlarda sotilishini tashkil qilish maqsadida, quyidagi amaliy choralar koʼrildi:
birinchidan, neftni qayta ishlash korxonalari tomonidan 2021 yil 17 noyabrdan boshlab birja savdolariga qoʼyiladigan kunlik umumiy avtomobilь benzini hajmining kamida 20 foizini 1 tonnalik lotlarda qoʼyilishi taʼminlandi;
ikkinchidan, birja savdolariga qoʼyilayotgan avtomobilь benzini xaridorlariga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida, bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan mahsulot hajmlarining maksimal miqdorini 60 tonnalik lotlar boʼyicha 120 tonna hamda 1 tonnalik lotlar boʼyicha 10 tonna miqdorida (limit) belgilandi;
uchinchidan, birja savdolariga qoʼyilayotgan avtomobilь benzinini kunlik qoʼyiladigan hajmlari oshirildi.
Koʼrilgan amaliy tadbirlar natijasida, joriy yilning 15 noyabrga nisbatan 17 noyabrь kuni:
birja savdolariga qoʼyilgan АI-80 markali avtomobilь benzinining oʼrtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 129 ming soʼmdan 9 365 ming soʼmga tushib, 8 foizga arzonlashdi, shu bilan birga ;
birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 3,5 barobarga oshdi (32 tadan 112 taga).
Taʼkidlash joizki, yuqoridagi koʼrsatilgan chora-tadbirlar bu vaqt talab qiladigan masala va tabiiyki ushbu davrda avtomobillarga yonilgʼi quyish shahobchalari tomonidan ilgari sotib olingan qimmat narxdagi benzin zaxiralari hisobiga yuqori chakana narxlar saqlanib qolishi mumkin.
Oʼzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi benzin narxlari boʼyicha batafsil maʼlumotlarini oʼzining rasmiy sahifalari orqali berib boradi.