Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi va boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda benzin narxlariga ta’sir qiluvchi omillarni, shu jumladan bozor ishtirokchilarining narxlarni sun’iy o‘sishga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarini aniqlash va bartaraf etish ishlari davom ettirilayotganligi ma’lum qilinadi.
Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha qo‘shimcha axborot, 2021 yil 16 noyabr kuni O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan Yuqori likvidli va monopol tovar va xomashyolari birja savdolarini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida beriladi.