Tasavvur qiling 1ga maydonga ekilgan daraxtlar 1 soat davomida 200 kishi nafas olishida ishlab chiqargan uglekislotani yutib yuborishi mumkin ekan. Yog’och turidan qat’iy nazar 1 tonna mutlaqo quruq yog’och hosil bo’lishi bilan birga, u o’rtacha 1,83 tonna uglekislota yutib yuboradi va 1,32 tonna kislorod ajratadi.
Yiliga 1 kishi (400 kilogramm) kislorod bilan ta’minlanishi uchun bir kishi boshiga 0,1-0,3 ga o’rmon maydoni to’g’ri keladi.
“Uy qurish, daraxt ekish, o’g’ilni voyaga yetkazish” – bu so’zlar asrlar davomida xalqimiz erkaklari uchun o’ziga hos bir qadriyatni shakllantirgan haqiqatlardan biri. Bir lahzaga mazkur so’zlarga o’zgacha nazar bilan qarab, kelajakda farzandlarimiz uchun hoh qiz yoki o’g’il bo’lsin. Ularga ozoda va yam-yashil shahar, qishloq va mahallalarda yashashlari uchun imkoniyat yarataylik!
Aynan mana shunday ezgu niyatlarni ko’zlab Qo’mita tomonidan bahorning ilk kunlarida darxt ko’chatlari ekildi. Shu bilan birga shahrimizning Olmazor tumanida joylashgan ikkita maktabga ham berildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati