Agar bozor rahbariyati tadbirkorni ta’mirlash ishlari haqida oldindan ogohlantirganda…
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Yangier shahrida istiqomat qiluvchi yakka tadbirkordan bir muammoni hal etishni so’rab murojaat kelib tushdi.
Fuqaro yakka tadbirkor sifatida “Yangier shaxar dehqon bozori” MCHJ hududida faoliyat ko’satib, go’sht mahsulotlarini “Elga xizmat” mobil` do’koni orqali sotish bilan shug’ullangan. Hech kim tomonidan ogohlantirishsiz esa, uni ana shu do’konini bozordan olib chiqib tashlashgan.
O’rganishlar davomida bozor hududida ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi va ushbu ishlar o’z nihoyasiga yetgach, har bir tadbirkorga alohida do’konlar ajratilishi aniqlangan.
Bundan tashqari Yangier shahri hokimiyati tomonidan barcha bozordagi tadbirkorlarga “Yangier shaxar dehqon bozori” MCHJ hududida, ta’mirlash ishlari yakunlangach alohida do’konlar ajratilishi ko’zda tutilgan ekan. Hususan, murojaat qilgan tadbirkorga ham, shuningdek, yangi qurilayotgan yangi ikki qavatli “Savdo majmuasi” hududida ham ijara asosida alohida do’kon berish rejalashtirilgan ekan.
Bugungi kunda kelib murojaatchida hech qanday e’tirozlar yo’q.
Qissadan hissa shuki, bu kabi murojaatlarni oldini olish uchun shunchaki bozor ma’muriyati tadbirkorlarga rejalashtirilgan ta’mirlash yoki qayta qurish ishlarini oldindan aytib ogohlantirib qo’yganida, shuncha ovoragarchilik bo’lmasdan, barcha ishlar yakunlangan so’ng, hammasi o’z iziga tushib ketardi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati