Davletovuz Telegram kanalida e’lon qilingan Respublikaga shina olib kirayotgan importyorlar tomonidan avtoshinalarni respublikadagi yagona shina ishlab chiqaruvchi korxona laboratoriyasida sinovdan o’tkazishga majbur bo’layotganligi, shina zavod esa fursatdan foydalanib har xil ko’rsatkichlarni sabab qilib, ularni sinovdan o’tkazishni rad etishni boshlaganligi, sinovdan o’tkazganlarini ham nomuvofiq deb topayotganligi masalasi yuzasidan
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan avvalroq mazkur holat bilan bog’liq bitta murojaat kelib tushgan.
Jumladan, Qo’mitaga pm.gov.uz orqali 2019 yil 28 oktyabrda “Tayloq Baxmali” xususiy korxonasi murojaat qilib, korxona tomonidan import qilingan avtoshina mahsulotlariga muvofiqlik sertifikati olaolmayotganligi va ushbu sertifikat faqat “Birinchi Rezinotexnika zavodi” MCHJ tomonidan berilishi mumkinligini bildirgan.
Qo’mita tomonidan mazkur murojaatni o’rganish natijalariga ko’ra, “Birinchi Rezinotexnika zavodi” MCHJ qoshida pnevmatik avtoshinalarni sinovlarini o’tkazish uchun akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi mavjudligi, ushbu laboratoriya 11 turdagi sinov ishlaridan 3 turini amalga oshirishi ma’lum bo’ldi. Lekin ushbu laboratoriya muvofiqlik sertifikati berish huquqiga ega emasligi aniqlangan.
2019 yil 24 iyunda №K-7 son bilan tasdiqlangan, yengil avtoulovlar uchun mo’ljallangan pnevmatik shinalarini sertifikatlashtirish sinovlarini amalga oshirish bo’yicha sinov dasturiga asosan sinovlarni amalga oshirishga akkreditatsiyadan o’tgan sinov laboratoriyalari
RO’YXATI
t/r | Ko’rsatgich nomi | Akkreditasiyadan o’tgan sinov laboratoriyasi nomi |
1. | Shinalar tashqi ko’rinishi | – “Buxoro SSM” DK sinov laboratoriyasi;
– “Samarqand SSM” DK sinov laboratoriyasi; – “Avtosozlash-Sinov” MCHJ sinov laboratoriyasi; – “Alliance Standart Group” MCHJ sinov laboratoriyasi. |
2. | Shina kameralari devorlarining qalinligi | – “Buxoro SSM” DK sinov laboratoriyasi;
– “Avtosozlash-Sinov” MCHJ sinov laboratoriyasi; – “Samarqand SSM” DK sinov laboratoriyasi. |
3. | Asosiy o’lchamlari: tashqi diametr, profil qalinligi | – “Buxoro SSM” DK sinov laboratoriyasi;
– “Samarqand SSM” DK sinov laboratoriyasi; – “Avtosozlash-Sinov” MCHJ sinov laboratoriyasi; – “Alliance Standart Group” MCHJ sinov laboratoriyasi. |
4. | Kamerali va kamerasiz shinalarning germetikligi | – “Buxoro SSM” DK sinov laboratoriyasi;
– “Samarqand SSM” DK sinov laboratoriyasi; – “Avtosozlash-Sinov” MCHJ sinov laboratoriyasi; – “Alliance Standart Group” MCHJ sinov laboratoriyasi. |
5. | Markirovka va komplektligi | – “Samarqand SSM” DK sinov laboratoriyasi;
– “Avtosozlash-Sinov” MCHJ sinov laboratoriyasi; – “Alliance Standart Group” MCHJ sinov laboratoriyasi. |
6. | Shinalarning radial va yon urishlari | – “Buxoro SSM” DK sinov laboratoriyasi;
– “Samarqand SSM” DK sinov laboratoriyasi; – “Avtosozlash-Sinov” MCHJ sinov laboratoriyasi; – “Alliance Standart Group” MCHJ sinov laboratoriyasi. |
7. | Eskirish indikatorlarining balandligi | – “Buxoro SSM” DK sinov laboratoriyasi;
– “Samarqand SSM” DK sinov laboratoriyasi; – “Avtosozlash-Sinov” MCHJ sinov laboratoriyasi; – “Alliance Standart Group” MCHJ sinov laboratoriyasi. |
8. | Bortdan siljishga qarshiligi | – “Buxoro SSM” DK sinov laboratoriyasi;
– “Samarqand SSM” DK sinov laboratoriyasi; – “Avtosozlash-Sinov” MCHJ sinov laboratoriyasi; – “Alliance Standart Group” MCHJ sinov laboratoriyasi; – “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” MCHJ sinov laboratoriyasi. |
9. | Dinamik va statistik disbalans | – “Samarqand SSM” DK sinov laboratoriyasi; |
10. | Shinalarning energiya buzilishi | – “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” MCHJ sinov laboratoriyasi. |
11. | Shinalarning yuklanish va tezlikka nisbatan sinovlari | – “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” MCHJ sinov laboratoriyasi. |
O’rganish natijasi bo’yicha, “Tayloq Baxmali” xususiy korxonasi tomonidan keltirilgan avtoshinalariga “O’zstandart” agentligiga qarashli Sertifikatlash markazi tomonidan yuqorida keltirilgan laboratoriyalarda tegishli sinovlarni o’tkazgan holda muvofiqlik sertifikati berilishi ta’minlangan.
Akkreditatsiyadan o’tgan muvofiqlikni baholash organlari davlat reestrida yengil avtoulovlar uchun mo’ljallangan pnevmatik shinalarini sertifikatlash bo’yicha sertifikatlashtirish organlari
RO’YXATI
- “Alliance Standart Group” MCHJ sertifikatlashtirish organi (Toshent shahri, Boykent ko’chasi, 32-uy, telefon: 71-269-04-24);
- “Avtosozlash-Sinov” MCHJ sertifikatlashtirish organi (Toshkent shahri, ESki Sarakul ko’chasi, 103-uy, telefon: 71-291-75-30):
- “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK qoshidagi “Toshkent tovarniy” sertifikatlashtirish organi (Toshkent shahri, Farobiy ko’chasi, 333 “a”-uy, telefon: 71-150-63-53);
- “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK qoshidagi “Aeroport” sertifikatlashtirish organi (Toshkent shahri, Farobiy ko’chasi, 333 “a”-uy, telefon: 71-150-63-53);
- “Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK sertifikatlashtirish organi (Buxoro shahri, S.Yurenov ko’chasi, telefon: 65-225-14-02, 65-225-14-77);
- “Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK sertifikatlashtirish organi (Samarqand shahri, A.Temur ko’chasi, 147-A-uy, telefon: 66-222-09-07, 66-222-73-84);
- “Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK sertifikatlashtirish organi (Navoiy shahri, Umid qo’rg’oni, M.Tarobiy ko’chasi, 185-uy, telefon: 79-224-07-51, 79-224-93-61).
Shu bilan birga, o’rganish davomida laboratoriya xodimlari hamda tadbirkorlar bilan o’tkazilgan suxbatlarda ayrim nohalol importer korxonalar tomonidan avtoshina mahsulotlarini respublikaga olib kelishda belgilangan talablarni chetlab o’tishga xarakat qilinishi (buzilishi) holatlari ham mavjudligi ma’lum qilingan. Jumladan, avtoshinalarni chet davlatlardan respublikamizga transportirovka qilishda ko’proq shinalarni bitta konteynerga joylashtirish maqsadida standart talablariga rioya etilmaslik natijasida ularning sifat ko’rsatkichlari buzilishiga olib kelishi va o’z navbatida, mahsulot sifatini laboratoriyadan o’tkazilishida nomuvofiqlik holatga kelib qolganligi ham uchrab turishi ma’lum bo’ldi (misol tariqasida ushbu videoda ko’rish mumkin).
Yuqorida keltirilgan masalada tadbirkorlik sub’ektlarda muammolar bo’lgan taqdirda, ya’ni “Birinchi Rezinotexnika zavodi” MCHJ qoshida tashkil etilgan laboratoriyada avtoshinalarni sinovlardan asossiz o’tkazmaslik holati yuzaga kelsa Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o’tiladi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama amaliy yordam ko’rsatishga tayyor ekanligini, muammolarni qisqa muddatda hal etish choralari ko’rilishi ma’lum qilinadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot hizmati