Toshkent shahridagi “Sinergy kids” nodavlat taʼlim muassasasi raxbari D.Kabulniyazovning kelib tushgan murojaati Fargʻona hududiy boshqarma tomonidan oʻrganib chiqildi.
Murojaatda koʻrsatilishicha, Fargʻona shahridagi “MENTALPRO” nodavlat taʼlim muassasasi tomonidan ALOHA MENTAL ARITHMETIS SDN BHD” kompaniyasining “ALOHA» tovar belgisidan noqonuniy foydalaninayotganligini bildirib, tegishli chora koʻrishni soʻragan.
Shunga asosan hududiy boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi 3-xat boshi talablari buzilganlik xolati boʻyicha Fargʻona shahridagi “MENTALPRO” nodavlat taʼlim muassasasiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi.
Mazkur ish hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan 2019-yilning koʻrib chiqilb, komissiyaning qaroriga asosan “MENTALPRO” nodavlat taʼlim muassasasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi 3-xat boshi talablari buzilgan deb topildi va qonun talablarini buzish xolatlarini toʻxtatish hamda kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktyabrdagi 225-sonli qaroriga asosan ish qoʻzgʻatilib, bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.
Yana bir murojaat boʻyicha. Margʻilon shahar, Yoʻrmadoʻz MFY, Toʻralar koʻchasi 84-uyda yashovchi fuqaro D.S.Axmedovdan kelib tushgan murojaati Fargʻona viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqilganda, Toʻralar koʻchasi 84-uy eshigi tagida ichimlik suvi 3 yildan buyon isrof boʻlib oqib yotganligi, suvni toʻxtalishini soʻrab “Suvoqava” korxonasiga hamda mahalliy hokimlikka bir necha marta murojaat qilganiga qaramay, murojaati ijobiy xal qilinmaganligi hamda isteʼmolchi sifatida uning huquqlari buzilganligi bildirilgan va mazkur murojaat Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuni asosida hududiy boshqarma tomonidan oʻrganib chiqildi.
Mazkur murojaat boʻyicha hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, fuqaro D.S.Axmedov uyini oldida isrof boʻlib oqib yotgan suvni “Suvoqava” korxonasi xodimlari tomonidan toʻxtatib, mazkur xolat bartaraf etilishiga erishilib, fuqaro boshqarmaga oʻz tashakkurnomasini bildirdi va murojaati ijobiy xal etildi.
Shu bilan birga, Fargʻona shaxar Yangi asr koʻchasi 88-uy 16-xonadonda yashovchi fuqaro M.Kasimovaning hududiy boshqarmaga yozilgan yozma arizasi boʻyicha oʻrganilganda, ushbu xonadonga “Qirguli Issiqlik manbai” MCHJ tomonidan asossiz ravishda qarzdorlik hisoblanganligi oʻrganilganida, notoʻgʻri hisoblanganligi aniqlanib, “Qirguli Issiqlik manbai” MCHJga nisbatan boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktyabrdagi 225-sonli qaroriga asosan ish qoʻzgʻatilib, fuqaro xonadoniga hisoblangan 458 220 soʻm mablagʻ isteʼmolchi foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi va ariza isteʼmolchining foydasiga ijobiy hal etildi.
Shuningdek, Fargʻona shahar, Shifokorlar koʻchasi 14-uy 67-xonadonda yashovchi fuqaro A.I.Chernoshtan arizasi boʻyicha issiqlik energiyasi va issiq suv uchun qarzdorlik hisoblanganligi oʻrganilganida, ushbu xonadon uchun “Qirguli Issiqlik manbai” MCHJ tomonidan hisoblangan qarzdorlik oʻz tasdigʻini topmaganligi va 1 695 505 soʻm isteʼmolchi foydasiga qayta hisob-kitob qilingan. “Qirguli Issiqlik manbai” MCHJ tomonidan koʻrsatilmagan xizmatalar uchun haq hisoblanganligi xaqida yana bir murojaat Fargʻona shaxri Shifokorlar koʻchasi 15“A”-uy 6-xonadonda yashovchi fuqaro G.V.Ivanovdan tushgan. Xonadon qarzdorligi asossiz hisoblanganligi aniqlanib, “Qirguli Issiqlik manbai” MCHJga nisbatan boshqarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktyabrdagi 225-sonli qaroriga asosan ish qoʻzgʻatilib, 658 350 soʻm mablagʻ isteʼmolchi foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, boshqarmaga 2019-yil aprel-sentyabr oylari davomida isteʼmolchilardan Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonuni buzilishi xolatlari boʻyicha jami 37 ta ariza va murojaatlar kelib tushgan boʻlib, mazkur murojaatlar hududiy boshqarma xodimlari tomonidan oʻrganib chiqilgan va qonun buzilishi xolatlari bartaraf etilgan.
Boshqarmaga kelib tushgan yozma shikoyat-arizalarning 13 tasi yoki 37,1 foizi kommunal soha xizmatlari, 15 tasi yoki 42,9 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 5 ta yoki 14,3 foizi tovar belgisidan noqonuniy foydalanish hamda boshqa sohalarga 2 tasi yoki 5,7 foizi oid arizalarni tashkil qilib, 2 mln. 812 ming soʻm miqdoridagi mablagʻlar isteʼmolchilar foydasiga xal etildi.