Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirigʻiga asosan Monopoliyaga qarshi kurarshish qoʻmitasida “mahallabay” ishlash tizimi joriy etilgan. Mazkur topshiriqga asosan, Qoʻmitaga bir nechta viloyatlardagi va poytaxtdagi tumanlar biriktirilgan. Misol uchun, Toshkent shahridagi Uchtepa tumanida 10 ta maxalla fuqarolari yigʻinlari.
Mazkur mahallalarda fuqarolarning muammolarni aniqlash maqsadida xonadonlar xatlovdan oʻtkazildi, uyma-uy yurish orqali 4 807 ta xonadon oʻrganilib, 1 385 ta muammoli masalalar aniqlandi va 71 tasi hal etildi.
Poytaxtimizning Uchtepa tumani 24chi mavzesida joylashgan “Vatanparvar” mahallasi. Bu yerdagi koʻp qavatli uylardan birining aholisi necha yildan beri yoʻlaklarning ahvoli yomonligidan norozi boʻlib murojaat qilishdi. Tamir talabligi – koʻrib turganingizdek (pauza 3 sek).
Dono xalqimizning bir hikmatli gapi bor: “Vatan – ostonadan boshlanadi!”. Uyimiz ham – kichik Vatan hisoblanadi.
SAIDA ILHOMOVA
- Bizani podyezdlarimizda anchagina muammolarimiz bor edi. Remont qilinadigan oʻsha podyezdlarimiz muammolari oʻrganilib, hozirgi kunda ushbu muammolarni bartaraf etishga kirishishgan. Masalan, fuqarolarimizda kommunal toʻlovlar boʻyicha iqtisodiy muammolari bor oilalarimizning har biri bilan ularni tanishtirdik va ular oʻzlarining ijtimoiy himoyalarini berishga bizga vada berishdi.
Yoʻlaklarning taʼmiri uchun kerakli qurilish materiallari keltirilgandan soʻng, quruvchilar ishga tushdi.
DILBAR ISHONQULOVA
- Bizni podyezdimizga remont qilish boshlandi, bundan juda xursand boʻldim. Chunki, avval ham shunday remont qilishgandi, lekin judayam sifatli chiqmagan edi. Xudo xoxlasa juda chiroyli boʻladi. nasib qilsa yanayam tozalikka rioya qilishga harakat qilamiz. Biz ham oʻz yordamimizni berishga harakat qilamiz.
Oʻrganish jarayonida aniqlangan muammolar bosqichma–bosqich ishchi guruh tomonidan bartaraf etilyapti.
MAMLAKAT HAMIDOVA – “Vatanparvar” MFY Raisi
- Undan tashqari butun mahallamiz boʻyicha videokameralar oʻrnatilgan. Lekin, videokameralar yaxshi ishlamidi. 26 domimiz ortidagi koʻcha yoritgich stalbassi agʻanagan edi, taʼmirlandi. Kanalizatsiya quvurlarining baʼzilarida qopqoqlar yoʻq edi. Ularni tegishli tashkilotlarga aytilib muammo bartaraf etildi. Karimova Mohira xonadoniga tashrif buyurilib uni muammosi aniqlanganda, uyning taʼmirtalabligi, bugungi kunda oʻzi qiynalib qolganligi aniqlanib, bular tomonidan yordam berilib, Mohiraning uyini taʼmirlanish ishlari ham boshlanish jarayonida turibti.
Uchtepa tumanining “Shirin” mahallasida ham oʻrganishlar bir qator muammollarni aniqlab berdi. Masalan ichki yoʻllar ahvoli. Avtomobil egalari doimiy norozi, aholi esa qor-yomgʻirli kunlar ushbu koʻchalardan yurishga qiynalishayotganidan nolib kelishgan. Bundan tashqari bolalar maydonchasi yoʻqligi ham eʼtirozlar sababiga aylangan.
Hozirgi kunga kelib u yerda yoʻllarni taʼmirlash ishlari hamda bolalar maydonchasini qurish boʻyicha loyihalash ishlari olib borilmoqda.
Biriktirilgan mahallalarda oborilayotgan oʻrganishlar jarayenida aniqlandiki: aholining asosiy qismi kommunal sohalar faoliyatidan va ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlardan norozi. Keyingi oʻrinlarda xonadonlarni xususiylashtirish, oʻzini – oʻzi band qilish, kreditlar ajratilishi va boshqa masalalar turibdi.
Biz esa “Maxallabay” ishchi tizim faoliyati boʻyicha maʼlumotlar bilan tanishtirishdi davom etamiz.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Matbuot xizmati