Oʻzbek tilida taxminan 1 400 000-1 600 000 atrofida soʻz bor.
Tilshunos olimlar maʼlumotiga koʻra rus tilida oʻrtacha 2500 ga yaqin soʻz turkiy oʻzakka ega.
Adabiyotshunos olim Omonulla Madayev aytganlaridek, “Til millatning maʼnaviy boyligi, gʻururidir”.
1989-yil 21-oktabr “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri boʻlgan ona tilimiz oʻzining qonuniy maqomi va himoyasiga ega boʻldi.
“Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (OʻRQ-615-son) 1-moddasida 21-oktabr sanasi Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
Bugun poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 32 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Abdug‘affor Qirg‘izboyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyidlar so‘zga chiqishdi, xorijlik talabalar o‘zbek tilida tabrik so‘zlari aytishdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohitov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Behzod Musayev ishtirok etdi.
Mamlakatimizning barcha hududlarida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining 32 yilligi hamda “Oʻzbek tili bayrami” kuni keng nishonlanmoqda.
Buyuk tarixga ega ona tilimizning qaddi va qadri baland boʻlsin!