Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi “Buxoro yo’llardan muntazam foydalanish” Unitar korxonasi tomonidan 2019 – 2020 yillar davomida tovar(ishlar, xizmatlar)lar xaridini amalga oshirishda O’zbekiston Resublikasi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi va “Raqobat to’g’risida”gi Qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan o’rganish o’tkazildi.
O’rganish “Buxoro yo’llardan muntazam foydalanish” UK tomonidan taqdim qilingan hujjatlar asosida olib borildi.
Mazkur korxona tomonidan 2019-2020 yillar mobaynida o’z ehtiyoji uchun tovarlarni (qurilish materiallari, ehtiyot qismlar, xo’jalik mollari, dizel` yonilg’isi, kantselyariya mollari, mebel anjomlari, yo’l belgilari va boshqa mahsulotlar)xarid qilishda va ob’ektlarda boshqa korxonalarga tegishli bo’lgan mashina–mexanizm va avtotransport xizmatlaridan foydalanishda viloyat va respublika hududida faoliyat olib borayotgan boshqa korxonalar bilan ikki tomonlama tuzilgan shartnomalar asosida olib borilgan.
O’zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi Qonunining 16-moddasida byudjet buyurtmachilari, byudjet tashkilotlari, xarid qilish tartib- tamoyillarini amalga oshirish uchun yo’naltiriladigan byudjet mablag’larini oluvchilar, davlat maqsadli jamg’armalari, korporativ buyurtmachilar, davlat korxonalari, Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lgan yuridik shaxslar–davlat xaridlarining sub’ektlari hisoblanishi ko’rsatib o’tilgan. Ushbu moddada davlat buyurtmachisi davlat xaridlarini amalga oshirishda maxsus axborot portaliga e’lon joylashtirishi shartligi, 23-moddasida davlat xaridlari elektron do’kon, auktsion, tanlov va tender asosida amalga oshirilishi ko’rsatib o’tilgan.
Biroq, Buxoro YMFUK “Davlat xaridlari to’g’risida”gi Qonunining talablariga zid ravishda 2019 yilda 31.413.366.209,0 so’mlik va 2020 yilda 33.420.096.221,0 so’mlik tovarlar auktsion savdolarisiz va xizmatlar tanlov (tender) savdolarisiz to’g’ridan-to’g’ri xarid qilish bo’yicha shartnomalar imzolanib xaridlar amalga oshirilganligi qayd etildi.
Mazkur holatlar bo’yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasining Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalarining raqobatni cheklaydigan hujjatlari hamda harakatlarini, shuningdek insofsiz raqobatni taqiqlash bo’yicha qonun hujjatlari buzilganligi to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish bo’yicha maxsus Komissiyasi Buxoro YMFUK tomonidan qayd etilgan qonunbuzarlikni bartaraf etish va kelgusida mazkur qonun buzilishi holatlariga yo’l qo’ymaslik to’g’risida ko’rsatma berildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati