TAMAKINING OʻRNINI BOSUVCHI MAHSULOT REKLAMASI TOʻXTATILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirilishi davomida tarkibida nikotin mavjud boʻlgan “LYFT” mahsulotining reklama qilinganligi aniqlangan. Xususan, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, I.Karimov va Furqat koʻchalari kesishuvidagi chorrahada joylashgan reklama monitorida, Yakkasaroy tumanidagi “Grand Mir” mehmonxonasi roʻparasidagi reklama monitorida, “Afrosiyob” tez yurar poyezdining xizmat aravasi…