Dori vositalari narxlarini tartibga solishda yangi (muqobil) mexanizm joriy qilinadi

Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari bilan taʼminlash, ularning narxini belgilash boʻyicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan dori vositalari narxini shakllantirish va tartibga solish boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazildi. Oʻrganish oʻtkazishga Qoʻmitaga kelib tushayotgan ariza va murojaatlar aholi bilan oʻtkazilgan uchrashuv va soʻrovnomalar asos boʻldi. Joriy yilning 10 oyi davrida Qoʻmitaga…