So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019-yil 5-iyuldagi 68-P-sonli buyrug‘i bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi masalalar Qo‘mitaning Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish boshqarmasiga (Ichki audit, korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi) yuklatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘mitaning 2019-yil 30-avgustdagi 96-P-sonli buyrug‘i bilan Qo‘mita tizimida korrupsiyaga qarshi ichki Komissiyasi tuzilgan.

“Harakatlar strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-sonli Farmoni, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda dasturiy hujjatlaridagi o‘zaro mushtarak maqsad va vazifalarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolangan.

Shu bilan birga, tizim xodimlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Ichki nazorat qoidalari va Qo‘mita tizimida korrupsiya xavfiga eng ko‘p moyil bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlari va lavozimlari ro‘yxati shakllantirilgan va Qo‘mitaning 2022-yil 15-sentyabrdagi 124-ICh-sonli buyruq bilan tasdiqlangan.

Bundan tashqari, Qo‘mitaning 2020-yil 15-dekabrdagi 164k-LS-son buyrug‘iga asosan Qo‘mita va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘rtasida “Qo‘mita tizimidagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish uchun tanlov asosida saralab olish to‘g‘risidagi Tartib” tasdiqlangan hamda 2021-yil 1-yanvardan boshlab mavjud vakant lavozimlarga xodimlarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish amaliyoti joriy etilgan.

O‘z navbatida, Qo‘mita tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish, bu borada belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tizimini yaratish maqsadida, Qo‘mitaning 2021-yil 21-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 72-ShT-son buyrug‘iga asosan Qo‘mita markaziy apparati tuzilmasida Ichki audit, korrupsiyaga qarshi komplaens va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi tashkil etilgan bo‘lib, boshqarmaning Nizomi va xodimlar lavozim yo‘riqnomasi tasdiqlangan.

Shu bilan birga, huquqbuzarliklar va ularga sharoit yaratuvchi omillar haqidagi xabarlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va o‘z vaqtida oldini olish maqsadida Qo‘mita tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha “ishonch telefoni” (71-207-49-00) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va nizomi tasdiqlangan. Ushbu nizomda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq arizalarni qabul qilish, Qo‘mita tizimidagi korrupsiya bilan bog‘liq shikoyatlar ko‘rib chiqish tartibi belgilangan. Qo‘mitada korrupsiyaga qarshi kurashishga oid anonim shikoyatlar uchun alohida elektron pochta (anticorruption@antimon.gov.uz) hamda @ACRUantic_bot telegram kanali yaratilib, o‘z faoliyatini belgilangan tartibda olib bormoqda. Shu bilan birga, Qo‘mitaning “Facebook”dagi rasmiy sahifasida kanalida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid materiallar joylashtirib boriladi.

Qo‘mitaning tegishli buyrug‘iga asosan Qo‘mita va uning tarkibiy tuzilmalarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risidagi Nizomi, Qo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati, xodimlarning korrupsiyaviy xatti-xarakatlari, odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha Reglamenti, ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish Yo‘riqnomalari tasdiqlangan. xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti, kontragentlarni o‘rganishga oid yo‘riqnoma, aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamentlari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

Shuningdek, bugungi kunda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan BMT TDning “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi bilan birgalikda ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi standartidan kelib chiqib, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etuvchi tavsiyaviy hujjatlar to‘plamidan foydalangan holda Qo‘mita tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash Uslubiyoti, kontragentlarni o‘rganishga oid yo‘riqnoma, aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamentlari ishlab chiqilgan va tizimga mutanosib ravishda tatbiq etish bo‘yicha  ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son qaroriga muvofiq Qo‘mita tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “E-anticor.uz” elektron platformasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuborilgan bo‘lib, Agentlik mutaxassislari va Ekspertlar guruhi tomonidan mazkur ma’lumotlar baholandi. Baholash natijalariga ko‘ra, Qo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi samaradorligi yuzasidan e’tirozlar mavjud emas deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-son qarorining 1-bandiga muvofiq Qo‘mita va uning hududiy organlari hamda tizim tashkilotlari funksiyalarini korrupsiyaviy xavf-xatarlar bo‘yicha baholash ishlari olib borildi.

Ichki audit, korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limining 2024-yil 1-yarim yillik ish rejasiga asosan Qo‘mita va hududiy boshqarma xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha malakasini muntazam oshirib borish maqadida o‘quv seminari tashkil etish belgilangan bo‘lib, joriy yilning 15-mart kuni Davlat xavfsizlik xizmati xodimi ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo‘yicha semenar o‘tkazildi.

Joriy yilning 5-mart kuni Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti vakilidan Qo‘mitaning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi xodimi tomonidan korupsiya bilan bog‘liq holatlarga yo‘l qo‘yilayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaat Qo‘mita tomonidan o‘rganib chiqildi va ushbu holatlar yuzasidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga ma’lumotlar yuborilishi ta’minlandi.