O‘ktam Barnoyev oilasiga ta’ziya bildirildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev 20-sentabr kuni og‘ir xastalik tufayli vafot etgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-sentabr kuni ta’ziyali xonadonga tashrif buyurdi. Qur’on tilovat qilindi. O‘ktam Barnoyev mehnat faoliyatini o‘zi tug‘ilib o‘sgan Buxoro viloyatida boshlagan. Keyinchalik Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida, Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.…