“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar

Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021 yilning  III chorak davri davomida Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan korxonalar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni yetkazib berishda va xizmatlarni ko‘rsatishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolangan shartnomalarning O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi yuzasidan tanlanma ravishda 87 ta…

Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning davlat reestri yangilandi

«Quvasoysement» AJ Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning davlat reestridan chiqib ketdi. Avvalgi yillarda, 1932 yilda tashkil topgan «Quvasoysement» AJ, sement ishlab chiqarish bo’yicha Respublikamizning yetakchi korxonalaridan biri bo’lgan. Bugungi kunda mazkur mahsulotga bo’lgan talab va imkoniyatlardan kelib chiqib viloyatda yirik sement ishlab chiqaruvchilar safiga Beshariq tumanidagi «Farg’ona Yasin Qurilish…

“MASTER BANNI/BONNI” QANDOLAT ISHLAB CHIQARUVCHISI RAQOBAT TOʻGʻRISIDAGI QONUN TALABLARIGA ZID HARAKAT QILGANLIGI ANIQLANDI

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga “KINDER” tovar belgisi egasi boʻlgan, qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “FERRERO S.P.A.” kompaniyasidan «Master Banni/Bonni» nomli qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “SWEET MASTER PRODUCT” XK ustidan murojaat kelib tushdi. arizada “SWEET MASTER PRODUCT” XK ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning qadoq yorligʻi “KINDER” tovar belgisiga juda oʻxshash ekanligi va bu holat isteʼmolchilarni adashtirishi mumkinligi yozilgan. Shuni…

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi ma’lumoti

«Kurbanoff.net» telegram kanalida «Все таки автомобиль в Узбекистане больше чем автомобиль» (muallifning tinish belgilari saqlanib qolgan) sarlavha nomi bilan post e’lon qilindi. Unda iste’molchilarga yangi «Captiva» avtomobiliga 2022 yil yanvar oyining so’ngiga yetkazib berish sharti bilan shartnomalar taqdim etilayotgani haqida yozilgan. Shuningdek muallif Shuhrat Qurbonov shartnomalarda narx o’zgargan taqdirda qo’shimcha to’lovlar mavjudligini eslatuvchi band borligiga…

“Mahallabay” tizimi doirasida hayr-sahovat ishlari

Farzand tarbiyasi ota-onaning muqaddas burchi sanaladi. Lekin, ba’zi hollarda taqdir taqozosi bilan ya’ni onaning vafoti, otaning chet elga ketishi oqibatida, ushbu burch oiladagi katta farzand bo’yniga ham tushishi mumkin. Toshkent shahar, Uchtepa tumani, “Vatan” MFYda yashovchi Ominabonu Nuriddinova yosh bo’lishiga qaramay oilasidagi barcha katta yumushlarni o’z bo’yniga olib, ikki ukasiga ham ota, ham onalik vazifasini…

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi

Qo’mita tomonidan 21 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo’lsin, ona tilim” shiori ostida “Milliy istiqlol uchun kurashgan jadidlar” mavzusida M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Avloniy, A.Qodiriy, Munavvarqori, Ibrat, Cho’lpon kabi siymolar adabiy merosini faol targ’ib etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bo’lib o’tgan tadbirda filologiya fanlari doktori, professor N.Jabborov,…

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasida seminar-trening

Joriy yilning 17 avgust kuni butun O’zbekiston xalqi, xususan, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun muhim bir voqea sodir bo’ldi – “Yangi O’zbekiston” gazetasida O’zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoevning “Yangi O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” nomli interv`yusi chop etiladi. Ta’kidlash kerakki, bu davlat rahbarining ilk marta bosma matbuotga bergan interv`yusi hisoblanadi…

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida

Tabiiy monopoliya subyektlarini tartibga solish yoʻnalishida  Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga kelib tushgan murojaatlar yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumot berib oʻtaman. 2021-yilning 1-yarim yilligida jami 376 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari  koʻrib chiqilib, jami 7 mlrd. 600 mln soʻm mablagʻlar qayta hisob-kitob qilingan. Misol uchun, Qoʻmita tomonidan “Bilol Zamin Malhami” MCHJning murojaati oʻrganib chiqildi.…

Davlat xaridlarini oʻtkazishdagi qonun buzilishlardan tortib tabiiy gaz va elektr taʼminoti korxonalari tomonidan olingan asossiz mablagʻgacha

1.Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Paxtaobod savdo sotiq» MCHJning murojaati oʻrganilganda Izboskan tuman Chuvama muruvvat uyi tomonidan autsorsing xizmati uchun boshlangʻich narxi 1 milliard 428 million 472 ming soʻmlik tanlov oʻtkazilgani, ishtirokchilar oʻrtasida oʻzaro oldindan kelishuv alomatlari borligi aniqlandi. Boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan ish qoʻzgʻatilib, mazkur tanlov bekor qilinishi haqida koʻrsatma…

DAVLAT XARIDLARI VA BOSHQA SAVDOLARDA RAQOBATNI TAʼMINLASH

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan 2021-yilning I yarim yillik davrida jami summasi 405,9 mlrd. soʻmlik 430 ta shartnomalar boʻyicha tanlov va tender savdolari oʻrganib chiqildi. Buning natijasida, 300 ta tanlov (tender) savdolarida (323,8 mlrd.soʻmlik) savdolarni oʻtkazish tartibini buzish, 4 ta savdolarda (18,0 mlrd.soʻmlik) ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, 29 ta savdolarda (26,8 mlrd.soʻmlik) manfaatlar toʻqnashuvi,…