Ijtimoiy tarmoq orqali “Raqobat to‘g‘risidagi qonunlar ishlamayaptimi?” sarlavhasi ostida murojaat qoldirilgan. Mazkur murojaatda Respublika Agrokimyoviy tahlil markazi (buyurtmachi) tomonidan 14.12.2023 yil etender.uzex.uz elektron tizimida lot orqali markaz va uning hududiy markazlari uchun portatip laboratoriya jihozi, plamenniy fotometr, vetijnoy shkaf, bidistitlyator, spektofotometrlar xaridi uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olishda ikkita ishtirokchi qatnashganligi va bu ikkala firma ham bir kishiga qarashli ekanligi tanqid qilingan.
Raqobat qo‘mitasi o‘z vakolati doirasida mazkur lotga doir ma’lumotlar o‘rganilganda tanlash ishtirokchilari bo‘lgan «RELIABLE-LOGISTICS-SERVICE» MChJ va «SADULLAYEV NAZARBEK» MChJlarning ta’sischilari bir kishi ekanligi va o‘zaro affillanganligi aniqlandi.
Shuningdek, Agrokimyoviy tahlil markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, lot bo‘yicha xarid amalga oshmaganligi hamda vakolatli davlat organi tomonidan ushbu holatga chek qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.