Qo‘mitaning Xalqaro raqobat masalalari bo‘yicha tarmoq (ICN)ning 24-yillik anjumanidagi ishtirok doirasida Turkiya Antimonopoliya organi rahbarining o‘rinbosari doktor Xakan Bilir (Dr. Hakan BİLİR) bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston delegatsiyasining avvalgi Turkiyaga amalga oshirgan tashrifi natijalarini muhokama qilib, hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish bo‘yicha kelgusi qadamlarni belgilab oldilar.
Yaqin oylar ichida Turkiya mutaxassislarining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — raqobatga qarshi xatarlarni aniqlash va tergov ishlari yuzasidan tajriba almashishdan iborat.
Shuningdek, tomonlar ikki mamlakat uchun o‘zaro ahamiyatga ega bozorlarda transchegaraviy kartellarga qarshi qo‘shma tergov ishlarini o‘tkazish istiqbollarini ham ko‘rib chiqdilar.