Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahrida o‘tayotgan O‘zbekiston-Fransiya biznes forumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Orano» kompaniyasi raisi Klod Imoven bilan uchrashdi.
“Orano” – uran va yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yirik kompaniyasi, aktivlari qiymati 29 milliard yevrodan ortiqni tashkil etadi.
Uchrashuvda geologiya-qidiruv ishlari va uran qazib chiqarish borasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.