DAVLAT XARIDLARI VA BOSHQA SAVDOLARDA RAQOBATNI TAʼMINLASH

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan 2021-yilning I yarim yillik davrida jami summasi 405,9 mlrd. soʻmlik 430 ta shartnomalar boʻyicha tanlov va tender savdolari oʻrganib chiqildi. Buning natijasida, 300 ta tanlov (tender) savdolarida (323,8 mlrd.soʻmlik) savdolarni oʻtkazish tartibini buzish, 4 ta savdolarda (18,0 mlrd.soʻmlik) ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, 29 ta savdolarda (26,8 mlrd.soʻmlik) manfaatlar toʻqnashuvi,…