Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Davlat ishtirokidagi korxonalarni kamaytirishga eʼtibor qaratilayotgan vaqtda, yana bir DUKni tashkil etishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Qashqadaryo viloyat hokimligi tomonidan tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qarshi shahrida axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan “IT-TECHNOPARK” davlat unitar korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” ID-26055 (V-6)gi qarori loyihasini Adliya vazirligida 2019-yil 19-aprelda 3155-son bilan roʻyxatga olingan Qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodikasi asosida koʻrib chiqib, mazkur qaror loyihasining raqobatga taʼsirini baholash boʻyicha xulosasini yuborgan.