Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi ko’p qavatli uylarda lift xizmatini amalga oshirish imtiyozini faqat bitta korxonaga («Texnopark» MCHJga) berilishiga qarshi!

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi tomonidan tayyorlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2021-2027 yillarda Respublikadagi ko’p kvartirali uylarning lift uskunalarini ta’mirlash va yangilashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2020 yil 12 iyundagi 376-son qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi (ID-26713) qarori loyihaga o’z xulosasini berdi.