Tadbirkorlikka ruhsat berish uchun talab etiladigan hujjatlar sonining oshishi hamisha ortiqcha muammolarga sabab bo’lgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan tayyorlangan va Qo’mitaga project.gov.uz orqali yuborilgan “Qurilish chiqindilari bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi ID- 24571 (V-1) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ko’rib o’z xulosasini berdi.