SUG’URTA KOMPANIYASI ZARARNI QOPLASHDAN BOSH TORTSA NIMA QILISH KERAK?

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo’l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatimizda, 2020 yilning birinchi yarmida (yanvar`-iyun` oylari) jami 2388 ta yo’l-transport hodisalari (keyingi o’rinlarda YTH) sodir etilgan. Ushbu YTHlar oqibatida umumiy 1746 kishi tan jarohati olgan, yo’l-transport hodisalarining 383 tasi bolalar, 1154 tasi piyodalar va 101 tasi velosiped ishtirokida sodir…