O’zbekiston-Malayziya: Raqobat sohasidagi vakolatli organ idoralari hamkorligining yangi bosqichi

Malayziyalik hamkasblar tashabbusi bilan o’tkazilayotgan videokonferentsiyada O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi va Malayziya raqobat komissiyasi rahbariyati o’rtasida hamkorlikning maqsad va istiqbollari muhokama qilindi. Birinchidan, normativ – huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda tajriba almashish va maslahat olish; Ikkinchidan, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi, sud organlari, viloyat hokimliklari va monopol korxonalar vakillari uchun mavzuga oid tadbirlar o’tkazish…