IMPORT… CHEKLASH… MUMKIN? EMAS? UNDOV BELGILARINI QANDAY JOYLASHTIRISH MUMKIN?

O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan bir nechta internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan ayrim metall mahsulotlarini, shu jumladan “katanka” xom ashyosi importini cheklanishi bilan bog’liq holatlar o’rganib chiqildi. Maqolalarda Inqirozga qarshi kurashish Respublika komissiyasining 2020 yil 11 maydagi yig’ilishi bayoni bilan ayrim yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar (“Olmaliq KMK” AJ, “O’zmetkombinat” AJ, “O’zikkilamchiranglimetall”…