IMPORT BENZIN AKTSIZINI OSHIRISH TAKLIFIGA MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan mahalliy neftni qayta ishlab chiqaruvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida benzin mahsuloti importiga aksiz soligʻini 5 foizdan 20 foizga oshirish yuzasidan bildirilgan taklifi bilan keng muhokama qilinmoqda. Ushbu masala yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi quyidagi munosabatini bildiradi. Maʼlumki, neft mahsulotlari uchun aksiz soligʻi deyarli barcha davlatlarda qoʻllaniladi. Aksiz soligʻi – bu mamlakat ichida ishlab chiqariladigan va importdan…