OZIQ-OVQAT, QISHLOQ HO’JALIGI MAHSULOTLARI VA SHAXSIY GIGIENA VOSITALARNI IMPORT QILUVCHI BARCHA TADBIKORLAR DIQQATIGA!!!

Bugungi pandemiya sharoitida chetdan olib kelinadigan tovarlarga muvofiqlik sertifikatini olishda import qiluvchilar qiyinchiliklarga duch kelayotganligi yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasiga ko’plab murojaatlar kelib tushmoqda. Mazkur murojaatlarda ko’rsatilgan muammolar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar…