#Ko‘mir
Raqobat qo‘mitasi ko‘mir mahsuloti narxlarining asosliligini o‘rganadi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan ko‘mir mahsulotining iste’molchilarga yetkazib berilishida qo‘llanilayotgan narxlarning asosliligi o‘rganiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qaroriga muvofiq:
ustun mavqega ega korxonalar tomonidan qazib chiqarilgan ko‘mir narxining raqobat sharoitida shakllanadigan narxdan asossiz yuqori belgilanmasligi;
aholi va budjet tashkilotlariga ko‘mirni yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan birjada sotib olgan mahalliy ko‘mir uchun ortiqcha ustama (ortiqcha xarajatlar) qo‘llanmasligi;
ko‘mir bozorida iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha davlat nazorati o‘rnatilishi Qo‘mita tomonidan nazorat qilinadi.
*O‘rganish jarayonida ko‘mir mahsuloti narxlarining shakllanishi va iste’molchilarga yetkazib berishda qo‘llanilayotgan narxlarning iqtisodiy asoslanganligiga alohida e’tibor qaratiladi.*
Qonunchilik talablariga zid holatlar aniqlangan taqdirda, tegishli choralar ko‘riladi.








