“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” mavzusida huquqiy maslahatlar aksiyasini o‘tkazdi

Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi “Yuksalish” harakati bilan hamkorlikda 10–12-noyabr kunlari respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” mavzusida huquqiy maslahatlar aksiyasini o‘tkazdi. Aksiya doirasida fuqarolarga sifatsiz tovarlarni qaytarish va almashtirish, kafolatli ta’mirlash, onlayn savdo, kommunal hamda bank xizmatlari bo‘yicha amaliy huquqiy maslahatlar berildi. Aksiya natijalari batafsil infografikada.

Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tanlov (tender) savdolarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda

#Kun_raqami Raqobat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tanlov (tender) savdolarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda Xususan, 2024–2026-yillar davomida o‘tkazilgan tender savdolarida jami 6 059 ta raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi holatlari aniqlangan. Joriy yilning o‘tgan davrida boshlang‘ich narxi 80,6 mlrd so‘mlik 821 ta tanlov savdosida raqobat qonunchiligi talablari buzilgani aniqlangan.…

Raqobat qo‘mitasi ko‘mir mahsuloti narxlarining asosliligini o‘rganadi

#Ko‘mir Raqobat qo‘mitasi ko‘mir mahsuloti narxlarining asosliligini o‘rganadi Raqobat qo‘mitasi tomonidan ko‘mir mahsulotining iste’molchilarga yetkazib berilishida qo‘llanilayotgan narxlarning asosliligi o‘rganiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qaroriga muvofiq: ustun mavqega ega korxonalar tomonidan qazib chiqarilgan ko‘mir narxining raqobat sharoitida shakllanadigan narxdan asossiz yuqori belgilanmasligi; aholi va budjet tashkilotlariga ko‘mirni yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan…