#Kun_raqami
Raqobat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tanlov (tender) savdolarining raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
Xususan, 2024–2026-yillar davomida o‘tkazilgan tender savdolarida jami 6 059 ta raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi holatlari aniqlangan.
Joriy yilning o‘tgan davrida boshlang‘ich narxi 80,6 mlrd so‘mlik 821 ta tanlov savdosida raqobat qonunchiligi talablari buzilgani aniqlangan.
O‘rganishlar davomida ayrim savdolarda «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilishi alomatlari, jumladan, raqobatni cheklovchi talablar belgilash, affillanganlik va ishtirokchilar takliflarini noto‘g‘ri baholash holatlari aniqlangan.
Jumladan, Uzun tuman Tibbiyot birlashmasining 1,3 mlrd so‘mdan ortiq, «Sariosiyo tuman Tibbiyot birlashmasi»ning 1,3 mlrd so‘mdan ortiq va «Baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internati»ning 725,0 mln so‘mlik tanlovlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Shuningdek, so‘nggi uch yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 172 ga yaqin mansabdor shaxslarga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sud organlariga yuborilgan.
Davlat xaridlarida qonuniylik, shaffoflik va barcha ishtirokchilar uchun teng raqobat sharoitlarini ta’minlash Raqobat qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.








