«COMPETITION & CONSUMER PROTECTION AI CHALLENGE – 2026» respublika xakatoni
RAQOBATLI BOZOR UCHUN SUN’IY INTELLEKT YECHIMLARINI YARATING!
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Butunjahon raqobat kuniga bag‘ishlab «AI Competition & Consumer Protection Challenge 2026» respublika xakatonini tashkil etadi. Xakaton 2026-yil 2–4-dekabr kunlari o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar 48 soat davomida dolzarb muammolarni sun’iy intellekt texnologiyalari asosida hal qiluvchi innovatsion yechimlar ishlab chiqadi. Ular tajribali mentorlardan maslahat oladi va loyihalarini ekspertlar hay’atiga taqdim etadi.
Mukofot jamg‘armasi — 150 mln so‘m:
1-o‘rin — 70 mln so‘m
2-o‘rin — 40 mln so‘m
3-o‘rin — 20 mln so‘m
Maxsus nominatsiyalar — jami 20 mln so‘m
Shuningdek, har bir yo‘nalish g‘olibiga ishga joylashish taklifi yoki hamkor tashkilotlarga tavsiyanoma beriladi.
AI Competition Challenge 2026 — kelajak yechimlarini bugun yarating!
Ro‘yxatdan o‘tish
Tadbirga oid yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun Raqobat qo‘mitasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling.








