Raqobat qo‘mitasida bloger, vayner va inflyuyenserlar uchun reklama to‘g‘risidagi qonunchilik tartib-qoidalari bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etilmoqda
🪪 Bloger, vayner va inflyuyenserlar ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriyaga ega. Ular yaratayotgan reklama kontenti jamoatchilik fikri, iste’molchilarning qiziqishlari va xarid qarorlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Reklama yaratish va tarqatishda qonun talablariga rioya etish, ishonchli axborot berish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ustuvor ahamiyatga ega.
👥 Raqobat qo‘mitasi huzuridagi «Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi» davlat muassasasi reklama sohasida qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida joriy yilning o‘tgan davrida 20 dan ortiq uchrashuvlar tashkil etdi.
📌Jumladan, o‘tkazilgan mazkur profilaktik tadbirlarda o‘z sahifalari yoki kanallari orqali turli mavzularda reklama chiqishlarini amalga oshirayotgan taniqli bloger, vayner va inflyuyenserlardan B. Mansurov, A. Hasanov, A. Fozilov, Sh. Narziyev va boshqa kontent yaratuvchilariga «Reklama to‘g‘risida»gi qonunchilik talablari tushuntirildi. Xususan, reklamada muayyan mahsulot yoki xizmatni tavsiya qilishda uning xususiyatlari, sifati va imkoniyatlari haqida matn, foto, video hamda jonli efirlar orqali ma’lumot berish qoidalari muhokama qilindi.
💬 Muloqotlarda onlayn savdo, sayohat, ta’lim, tibbiyot, umumiy ovqatlanish, sport va ko‘ngilochar tomoshalar yo‘nalishlarida reklama kontenti yaratayotgan D. Ismailova, F. Nazarova, K. Murodova, Sh. Xolmirzayeva, G. Abdullayeva va Z.Karimovalar ham ishtirok etdi.
Ishtirokchilar ko‘ngilochar va yumoristik kontentdagi reklama, shaxsiy tavsiyalar hamda tijorat maqsadida joylashtiriladigan materiallarning huquqiy jihatlari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.








