“Yashil” davlat xaridlari va raqamli transformatsiya masalalari muhokama qilindi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazida “Davlat xaridlari tizimining raqamli transformatsiyasi hamda “yashil” davlat xaridlarini takomillashtirishning innovatsion yondashuvlari” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining mas’ul xodimi B.Boboxonov ishtirok etib, davlat xaridlari tizimida shaffoflikni ta’minlash, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, korrupsiyaviy omillarni qisqartirish hamda “yashil” xaridlar amaliyotini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr bildirdi.
Tadbirda davlat organlari, xalqaro moliyaviy institutlar, ekspertlar va ilmiy doira vakillari ishtirok etib, davlat xaridlarida sun’iy intellekt va innovatsion yondashuvlarni qo‘llash, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda sohada malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.








