FUQARODAN SAVOL: Avtomobilga qonun doirasida qanday reklama o‘rnatsam bo‘ladi ?
JAVOB:
Transportdagi reklama
Reklamani transport vositalariga joylashtirish yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etilgan holda, transport vositalari egalari va transport vositalariga nisbatan boshqa ashyoviy huquqlarga ega bo‘lgan shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Reklamani umumiy foydalanishdagi transport vositalarida, metropoliten bekatlarida, vokzallarda, portlar va aeroportlarda yo‘lovchilarga xabar beruvchi ovozli tarmoqlar orqali tarqatish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuning 33-modda.