Rasmiy munosabat
Savdo shoxobchalarida har bir xaridorga sifatli xizmat ko‘rsatilishi lozim
Ijtimoiy tarmoq orqali “Korzinka” ertalab soat 10.00gacha betartibligi, ish vaqti soat 8.00dan boshlaniga qaramay, savdo shoxobchasi xizmat ko‘rsatishga tayyor emasligi haqida” tanqidiy material qoldirilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mazkur holat yuzasidan “ANGLESEY FOOD” MChJ XKga so‘rov xati yuborildi. Unga javoban MChJ shu kuni ertalab soat 8.00-10.00 gacha savdo shoxobchasi meva va sabzavotlarni qabul qilgani va bu esa aynan shu davrda tashrif buyurgan xaridorlarga noqulaylik tug‘dirganini bildirgan.
Mazkur vaziyat bo‘yicha “ANGLESEY FOOD” MChJ XK tomonidan o‘z mijozlaridan uzr so‘ragan holda, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar o‘rtasida kelgusida bunday holat takrorlanmasligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.