Ijtimoiy tarmoq orqali https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/7916630291697576/
“MAKRO” supermarketi faoliyatidan noroziligi bildirilgan fuqaroning posti qoldirgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘rganishlar davomida, Toshkent shahrida joylashgan “MAKRO” supermarketidan fuqaro E.S. 211 ming 490 so‘mlik mahsulot xarid qilgani, ammo kassir xodim tomonidan 10 foizli chegirma urilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra “DARVOZA SAVDO” MCHJga qarashli mazkur “MAKRO”ning sotuvchi kassiri Ichki qoida talablarini buzganligi aniqlandi. MCHJ tomonidan xodimga nisbatan ish materiallari rasmiylashtirilib, xodim bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinganligi ma’lum qilindi.
Murojaat ijobiy hal etilib, E.S.ga tegishli plastik kartaga 10 foizli chegirma ya’ni 21 149 so‘m pul o‘tkazib berilishi ta’minlandi.