21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani xalqimiz tarixida muhim voqea bo‘ldi. O‘tgan 37 yil davomida ona tilimiz davlat boshqaruvi, ta’lim, fan, iqtisodiyot va raqamli makonda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.
Til — faqat muloqot vositasi emas, balki iste’molchi huquqlarining ajralmas qismi hamdir. Har bir fuqaro tovar va xizmatlar, ularning narxi, tarkibi va xususiyatlari haqidagi ma’lumotni davlat tilida to‘liq va tushunarli tarzda olish huquqiga ega. Reklama, yorliq va shartnomalarning davlat tilida bo‘lishi — qonun talabi va iste’molchiga hurmat belgisidir.
Qo‘mita o‘z faoliyatida ana shu huquqlarni himoya qilish, bozorda halol raqobat va iste’molchiga aniq, tushunarli ma’lumot yetkazilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi.
Barchangizga sog‘lik, tinchlik va ezgu ishlaringizda omad tilaymiz. Ona tilimizning nufuzi yanada yuksalaversin!
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi.








