facebook.com ijtimoiy tarmog‘idagi “Xalq nazorati” kanalida “Toshkent markazida oltinlarga teng yer auksionda suv tekinga sotilmoqda” sarlavhasi orqali tanqidiy maqola joylashtirilgan.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Maqolada Toshkent shahri Shahrisabz ko‘chasida 1.8 sotix yer maydoni ofis, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish uchun 75 mln so‘mga auksionga chiqarilganligi auksion esa yopiq holda o‘tkazilayotganligi bildirilgan.
Shu bilan birga, maqolada ko‘rsatilgan yer maydoni e-auksion.uz elektron tizimida 03.08.2023-yil holatiga (https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=6313526) ochiq savdolarda faol ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Lot faol holatda ekanligi ilova qilinadi.