Raqobat qo‘mitasiga fuqarolardan savdo, ta’lim, kommunal va boshqa xizmatlar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar o‘zining ijobiy yechimini topmoqda.
Hududlar kesimida misollar
Jizzax viloyati
Hududiy boshqarmaga Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro M.D. “Alif Nasiya” elektron platformasida yuzaga kelgan noqulayliklardan norozi bo‘lib murojaat qildi.O‘rganishlarda fuqaro kompyuter jamlanmasini xarid qilish uchun mazkur platforma bilan tuzgan kredit shartnomasiga asosan hamkor do‘kon tomonidan buyurtma qilingan emas, boshqa rusumdagi mahsulot yetkazib berilgani ma’lum bo‘ldi.Natijada fuqaro bilan “Alif Nasiya” MChJ o‘rtasida tuzilgan shartnomani bekor qilinib, 11 mln 545 ming so‘mlik shartnoma bekor qilinishi ta’minlandi.
Buxoro viloyati
Hududiy boshqarma Buxoroda yashovchi fuqaro Sh.N.tomonidan tushgan murojaatda “Buxoroavtotexxizmat” MChJdan “Onix” LTZ rusumli avtomashinasi sotib olgani, ushbu avtomabilning dvigatelida nuqsoni mavjudligi, ammo mazkur nuqson bartaraf etib berilmayotganli bo‘yicha murojaat qoldirgan.O‘rganishlar natijasida mazkur MChJ tomonidan
“Onix” LTZ rusumli avtomashinasining dvigateli sifatlisiga almashtirib berilishi ta’minlandi.
Andijon viloyati
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. tomonidan yuborilgan murojaatida Andijon shahridagi “Jahon moto” MChJga qarashli do‘kondan mini yuk ortgich – elektromototsikl sotib olgani va uning quvvati sifatsiz ekanligi bildirilgan.O‘rganishlarda murojaatda keltirilgan holatlar tasdiqlanib, natijada mazkur MChJ tomonidan iste’molchiga elektromototsiklining nosoz akkumulyatori sifatlisiga almashtirib berilishi ta’minlandi.
Qashqadaryo viloyati
Hududiy boshqarmaga G‘uzor shahrida yashovchi fuqaro X.Z. ning “Englife” onlayn o‘quv dasturi faoliyatidan norozi bo‘lib murojaat yo‘llagan.O‘rganishlarda fuqaro ingliz tili bo‘yicha qo‘shimcha darslar olishi uchun to‘lovni amalga oshirgan, ammo xizmat sifati qoniqtirmagan ya’ni farzandi darslarni o‘zlashtira olmagani sababli shartnomani bekor qilish va mablag‘ni qaytarishni so‘rab o‘quv markazi ma’muriyatiga qilgan murojaati hal etilmagan. Natijada iste’molchi huquqlari tiklanib, 1 600 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.
Farg‘ona viloyati
Hududiy boshqarmaga Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro N.M. issiqlik manbai ta’minoti korxonasi tomonidan unga asossiz qarzdorlik hisoblanganida norozi bo‘lib murojaat qilgan.O‘rganishlarda ma’lum bo‘lishicha, fuqaro xonadonidagi suv hisoblagichi 2023-yilda laboratoriya tekshiruvidan o‘tgani, ammo suv ta’minoti korxonasi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik sababli boshqa hisoblagich o‘rnatib ketilgan. Buning oqibatida o‘tgan davr uchun fuqaroga normativ asosida, ya’ni kishi boshiga hisob-kitob qilingan holda qarzdorlik kelib chiqqan.Natijada fuqaroga nisbatan hisoblangan 1 mln 250 ming so‘m miqdoridagi noreal qarzdorlik bekor qilinishi ta’minlandi.
Navoiy viloyati
Hududiy boshqarmaga Qiziltepa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.X. joriy yilning 2-aprel kungi reys bilan uchib ketish uchun Toshkent – Kazan yo‘nalishida Navoiy shahridagi aviakassalarning biridan chipta xarid qilgani, ammo parvoz kunida ismi-sharifi yo‘lovchilar ro‘yxatida bo‘lmagani sababli Toshkent xalqaro aeroportidan ortga qaytishga majbur bo‘lgani yuzasidan murojaat qilgan.O‘rganishlarda fuqaro aviachiptani xarid qilingan aviakassaga topshirgani, chiptaga to‘langan pullari esa qaytarilmagani ma’lum bo‘ldi. Natijada “Sug‘diyona Avia Ishonch” MChJ tomonidan amalga oshirilmagan parvozga to‘langan 3 mln 300 ming so‘m mablag‘ to‘liqligicha fuqaroga qaytarib berilishi ta’minlandi.








