O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pekin shahriga tadbirlarga boy tashrifi yakunlandi.
Tashrif chog‘ida davlatimiz rahbari Xitoy Raisi Si Szinpin va Vetnam Prezidenti Vo Van Txiong bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi, ushbu mamlakatning yetakchi «Ameri International», «CAMCE», «China Energy», «State Grid» korporatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Prezidenti rafiqasi bilan birga “Bir makon, bir yo‘l” uchnchi xalqaro forumi ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimida ishtirok etdi.
Yubiley forumning ochilishida qatnashib, davlatimiz rahbari “yashil” taraqqiyot masalalariga bag‘ishlangan yalpi sessiyasida nutq so‘zladi, Xitoy hamda “Makon va yo‘l” tashabbusining boshqa ishtirokchilari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi. “Shoudu” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni XXR favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.